Jahon | 12:14 / 29.08.2018
4003
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Meksika bilan yangi kelishuv maqsadini ma'lum qildi

Foto: Jonathan Ernst/Reuters

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning tvitterdagi sahifasida ma'lum qilishicha, Meksika bilan yangi savdo bitimi savdo to‘siqlarni yo‘q qilish va ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan.

«Meksika bilan tuzilgan yangi savdo bitimimiz fermerlarga, rivojlanishimizga, savdo to‘siqlarni yo‘qqa chiqarishga, ish joylariga va kompaniyalar mamlakatimizga pul kiritishda davom etishiga qaratilgan. Bu katta muvaffaqiyat bo‘ladi!» - deb yozgan Tramp.

Avvalroq, AQSh va Meksika savdo haqidagi kelishuvga erishgani ma'lum bo‘lgandi. Trampning aytishicha, yangi bitim tuzilgandan keyin AQSh, Kanada va Meksika o‘rtasida amal qilgan Shimoliy Amerika erkin savdo hududi (NAFTA) haqidagi kelishuv nomi o‘zgartiriladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo AQSh prezidenti Donald Tramp bilan «konstruktiv muzokaralar» o‘tkazgani xabar berildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid