O‘zbekiston | 12:44 / 29.08.2018
4136
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» top-menejyeri xorijiy kompaniyaning Toshkentdagi ofisini boshqaradigan bo‘ldi

Foto: YouTube / Schneider Group

Toshkentdagi Schneider Group ofisining ochilishi 7 sentabrga belgilangan, deb xabar beradi Spot.

Vakolatxonaga Nodir Ayupov rahbarlik qiladi. U bundan avval «O‘zbekiston havo yo‘llari»da tashqi aloqalar bo‘limi lavozimida ishlagan.

«Aviakompaniyadagi 18 yillik tajribasi davomida Ayupov Qozog‘iston, Gretsiya va Ispaniyadagi xorijiy vakolatxonalarni muvaffaqiyatli boshqargan», - deyiladi xabarda.

Toshkentdagi ofis bozorga kirish xizmatlariga e'tibor qaratgan holda konsalting, ERP-tizimlari va buxgalteriya hisobotini avtomatlashtirish, kompaniyalarni vaqtincha boshqarish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga bo‘yicha xizmatlarini taqdim etadi.

«Ayupovning g‘arbdagi ishbilarmonlik muhitida egallagan katta tajribasi, shuningdek, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlik jarayoni davlat tuzilmasini jalb etgan holda loyihalarni samarali amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi», - deya ta'kidlab o‘tishgan Schneider Group’dan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid