Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo o‘yinlari. 31 avgust kuni O‘zbekiston bokschilari final yo‘llanmasi uchun ringga chiqishadi
Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining 31 avgust kunidan o‘rin olgan musobaqalarida 22 nafar sportchilarimiz yakkalik va jamoa holda 7 sport turi bo‘yicha bahs olib borishadi.
Musobaqalar, ularning Toshkent vaqti bilan boshlanish soatlari hamda unda ishtirok etuvchi sportchilar bilan tanishtiramiz.
Sambo
- A.Rahmatullayev. 52 kg. Final. 13:00
- N.Gulova. 48 kg. Final. 13:00
Dzyudo. 07:00 – 10:00, 14:00 – 16:00
- N.Yuldasheva. -78 kg. Saralashdan – finalgacha.
- Rinata Ilmatova. +78 kg. Saralashdan – finalgacha.
- Sh.Sobirov. -90 kg. Saralashdan – finalgacha.
- Sh.Jo‘rayev. -100 kg. Saralashdan – finalgacha.
- B.Oltiboyev. +100 kg ortiq. Saralashdan – finalgacha.
Boks.
- J.Latipov. Yarimfinal. 12:00
- Sh.Abdurasulov. Yarimfinal. 12:30
- B.Baturov. Yarimfinal. 13:15
- H.Do‘smatov. Yarimfinal. 16:00
- M.Mirzahalilov. 16:45
- I.Xoldorov. 17:00
- I.Madrimov. 17:45
Velosport-trek
- A.Izmaylov, X.Xolmuratov. Final. 12:08
Baydarka va kanoeda eshkak eshish
- A.Guliyev, E.Mamadaliyev. Ikkitalik. S2 × 200 m. Saralash. 08:10
- O.Umaraliyeva. Yakkalik K1 × 200 m. Saralash. 07:20
- D.Rahmatova. Yakkalik S1 × 200 m. Saralash. 07:00
Suvga sakrash
- D.Botirov. 3 metrdan sakrash. Saralashdan – finalgacha. 11:55
Triatlon
- A.Hakimova. Individual standart. Final. 05:30 – 08:00
30 avgust kuni bo‘lib o‘tgan musobaqalarda O‘zbekiston delegatsiyasi 8 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Kanoeda 1000 metr masofaga eshkak eshishda o‘zbekistonlik tajribali sportchi, Osiyo o‘yinlarining 3 karra g‘olibi Vadim Menkov tengsiz bo‘lib, to‘rtinchi chempionlikni tantana qildi.
Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Dilnoza Rahmatova va Nilufar Zokirova juftligi ayollar o‘rtasida 500 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelishdi va kumush medallar bilan taqdirlanishdi.
1000 metr masofaga juftlik bahslarida startga chiqqan Shahriyor Mahkamov va Shohruhbek A'zamov marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi va bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
1000 metr masofaga kanoeda eshkak eshgan Nurislom To‘xtasin o‘g‘li va Serik Mirbekov juftligi ham O‘zbekiston hisobiga navbatdagi bronza medalni qo‘shib qo‘yishdi.
Dzyudo bahslarida -70 kg vazn toifasida Gulnoza Matniyazova bronza medal olishga muvaffaq bo‘ldi.
Kurash musobaqasida -78 kg vazn toifasidagi Kumush Yo‘ldosheva finalda mo‘g‘ulistonlik Otgon Munktsetseg bilan bellashdi va g‘alaba qozonib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.
Vakillarimiz Yahyo Imomov va Shermuhammad Jandriyev o‘rtasidagi final bahs Jandriyevning 11:10 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va ular oltin va kumush medalga ega bo‘lishdi.
30 avgust kuni qo‘lga kiritilgan 8 medal evaziga O‘zbekiston delegatsiyasi 53 medal bilan oltinchi o‘ringa joylashdi. Ayni vaqtda O‘zbekiston hisobida 15 oltin, 19 kumush va 19 bronza bor.

Mavzuga oid
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
19:34 / 11.01.2026