O‘zbekiston | 23:22 / 30.08.2018
13645
2 daqiqa o‘qiladi

Shifokorlar o‘z kasb majburiyatlarini bajarishda davlat tomonidan himoya qilinishi mumkin (mi?)

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida shifokorlarga bo‘lgan e'tibor, ularning kasbiy faoliyatlarini tubdan yaxshilash va tibbiyot sohasiga zamonaviy texnologiyalarni jalb etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo ayrim hollarda fuqarolar tomonidan shifokorlarga bo‘lgan qo‘pol munosabat va muomala, ularni haqoratlash va kamsitish kabi holatlar ham uchrab turibdi.

Mana shu holatlarni inobatga olib «Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portaliga shifokorlar o‘z kasb majburiyatlarini bajarishda davlat tomonidan himoya qilinishi zarurati haqidagi jamoaviy murojaat joylandi.

Shifokorlar va tibbiyot muassasalarining boshqa xodimlari o‘z kasb majburiyatlarini bajarish davomida tahqirlashlar va qadr-qimmati kamsitilishlarga duch kelayotganligi, ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazilayotganligi mazkur murojaatda ta'kidlab o‘tilgan. O‘z fikrini bildirgan foydalanuvchilar tomonidan qator misollar keltirilgan. Shu bilan birga, tibbiyot xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish uchun qonunchilik darajasidagi javobgarlikni belgilash taklif etilmoqda.

Mavzuga oid