Tarmoqlarda 2024 yil 23 oktyabrda “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga joylaştirilgan petitsiya muhokamasi ketmoqda. Unga köra, Ne’matilla Nabiyev ismli şaxs maktablarni töliq 5 kunlik öqitiş va işlaş tizimiga ötişini söragan.

“Umumiy örta ta’lim maktablarida barça öquvçilarni 5 kunlik ta’lim oliş dasturiga ötkaziş. Pedagog xodimlarga ham 5 kunlik iş tizimiga ötkazilsa, maqsadga muvofiq bölar edi. Ustozlar ham bemalol haftasiga 2 kun dam olsa, iş unumi va sifati oşadi deb öylayman”, – deyiladi uning petitsiyasi izohida.

Hozirça uşbu petitsiyaga jami 3584 ta ovoz berilgan, şundan 3562 tasi yoqlab, qolgan 22 tasi esa qarşi.

Ma’lumot uçun, “Mening fikrim” portaliga joylangan har bir petitsiyaga yetarliça ovoz berilsa, uni parlament körib çiqişi mumkin. Oliy Majlis palatalari petitsiyani körib çiqişga qabul qilişi uçun murojaat kamida 10 ming ovoz, Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar Kengaşlari körib çiqişi uçun kamida 5000 ovoz, tuman (şahar) kengaşlari körib çiqişi uçun kamida 1000 ovoz töplaş kerak böladi.

Umumiy ovoz beriş petitsiya e’lon qilingan kundan e’tiboran 90 kun içida ötkaziladi. Murojaat zarur miqdorda ovoz töplagan taqdirda ovoz beriş muddatidan oldin töxtatilişi ham mumkin.

Petitsiyani körib çiqiş yakunlariga köra vakolatli organ tomonidan qaror qabul qilinib, “Mening fikrim” saytiga joylaştiriladi. Murojaatlarni körib çiqiş va qaror qabul qiliş muddati 60 kundan oşmasligi kerak.