O‘zbekiston | 12:53 / 30.08.2018
2954
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston TIV o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi

2018 yilning 29 avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Qozog‘iston delegatsiyasiga vazir o‘rinbosari Galimjan Qo‘yshibayev boshchilik qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlar, xususan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar hamkorlik kabi dolzarb yo‘nalishlardagi aloqalar holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.

Delegatsiyalar ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalarini ham ko‘rib chiqdilar va xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashdilar.

Maslahatlashuvlar davomida savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish, mintaqalararo hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga tomonlar sodiqligi, shuningdek, transport-kommunikatsiyasi sohasidagi yaqin hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta'kidlandi.

Mavzuga oid