Jahon | 09:31 / 31.08.2018
8396
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiyada mushuklar taqiqlanmoqchi

Foto: REUTERS

Yangi Zelandiyaning Omaui shahri rahbariyati mahalliy qushlar va boshqa jonzotlarni asrash maqsadida uy mushuklarini taqiqlashni taklif qildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda. 

Agar taklif ma'qullansa, mushuklar ro‘yxatga olinib, bichiladi va ularga chip o‘rnatiladi. Mushuklar nobud bo‘lgandan keyin ularning egalari yangi mushuk boqa olmaydi. Natijada bir necha yildan keyin Yangi Zelandiyaning Janubiy orolida birorta mushuk qolmaydi.

“Biz mushuklarni yomon ko‘radiganlardan emasmiz. Biroq biz uy hayvonlariga mas'uliyatli egalik qilish tarafdorimiz. Bu yer mushuklarning joyi emas”, deb aytgan Omauining tabiatni himoya qilish tashkiloti vakili Jon Kollin.

Mushuklarning taqiqlanishi Yangi Zelandiya hukumatining mamlakatga boshqa yerlardan olib kirilgan yirtqichlarga qarshi kurashish choralari bo‘yicha takliflariga mos keladi. Yangi Zelandiyada mahalliy hayvonlarni asrab qolish uchun 2050 yilgacha barcha kalamush, oqsichqonlar va opossumlarni (AQShda yashaydigan kalamush) yo‘q qilish taklif qilingan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid