14:43 / 31.08.2018
11423

Po‘lat Bobojonov FQB direktori o‘rinbosari bilan uchrashdi

Foto: IIV axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonov AQSh Federal qidiruv byurosi (FQB) direktori o‘rinbosari Devid Boudich boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda IIV saytida xabar berildi.

O‘zaro suhbat chog‘ida xalqaro terrorizm, ekstremizm, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi, odam savdosi, noqonuniy migratsiya va boshqa jinoyat turlariga qarshi kurashishda O‘zbekiston Respublikasi IIV hamda AQSh FQB o‘rtasida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 

Muloqot jarayonida ikki idora o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlikni yanada yuqori darajaga ko‘tarish, ushbu yo‘nalishda barcha imkoniyatlarni ishga solish lozimligi ta'kidlandi. 

Shuningdek, o‘zaro axborot almashish, xodimlarni o‘qitish, seminar va treninglar o‘tkazishga oid qator masalalar muhokama qilinib, kelgusidagi hamkorlikka doir vazifalar belgilab olindi.

Mavzuga oid
Top