Prezident farmoni bilan içki işlar vaziri lavozimini egallab kelgan general-leytenant Pölat Bobojonov Özbekiston prezidentining kadrlar siyosati masalalari böyiça maslahatçisining örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot kotibi xabar berdi.
U endi prezidentning kadrlar siyosati masalalari böyiça maslahatçisi Ğofurjon Mirzayevga örinbosarlik qiladi.
Oldinroq Toşkent şahar IIBB boşliği lavozimida xizmat qilib kelgan Aziz Toşpölatov içki işlar vaziri lavozimiga tayinlangani, şu munosabat bilan Pölat Bobojonov lavozimdan ozod etilgani töğrisida xabar berilgandi.
Pölat Bobojonov (1961 yilda tuğilgan) 2017 yil sentabr oyidan buyon Içki işlar vazirligini boşqarib kelayotgandi.
U muqaddam Buxoro va Jizzax viloyatlarida prokurorlik qilgan, 2012 yildan 2017 yilgaça Xorazm viloyati hokimi lavozimida işlagan.













