Jahon | 16:58 / 31.08.2018
5234
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy AQShning savdo masalasi bo‘yicha bosimini befoyda deb atadi

Foto: AP/ Andy Wong, File

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chuninning ma'lum qilishicha, AQShning savdo masalalaridagi bosimi Xitoyga nisbatan foydasizdir. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«AQShning bosim o‘tkazish bo‘yicha qattiqqo‘l siyosati Xitoyga qarshi foydasiz, u bu muammoni hal qilishga yordam bera olmaydi. Xitoy qo‘rquv va asossiz tanqiddan bosh egishi haqidagi fikrda bo‘lgan shaxslar uyg‘onishi kerakdir», - deya aytib o‘tdi Xua Chunin.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Xitoy AQSh bilan savdo-iqtisodiy mojaroda izchil pozitsiyaga sodiq bo‘lib qoladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Xitoy va AQSh savdo urushidan JST qurbonga aylanishi mumkinligi xabar qilingandi.

Qayd etilishicha, Xitoy-AQSh savdo urushining kuchayishi vaqtida Jahon savdo tashkilotini ushbu tuzilmani yo‘qotib qo‘yishdan himoya qilish bo‘yicha jarayon tezlashmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid