Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iste'molchilarni qanday holatlarda elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish mumkin?
KUN.UZ tahririyati kelayotgan taklif va savollarga asoslangan holatda qonunchilikka oid eng ko‘p beriladigan savollarga to‘xtalib o‘tadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 10 iyuldagi 484-son qarori “Iste'molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi NIZOM ga muvofiq quyidagi holatlar belgilab o‘tilgan:
shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda, shu jumladan hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi oqibatida foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzdorlik mavjud bo‘lganda;
Byuro talabnomalari ijro etilmaganda, shu jumladan uning vakillariga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste'molini hisobga olish priborlariga ko‘rsatkichlarni olish uchun ruxsat etilmaganda;
elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj qilish yoki elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzishning boshqa holatlari aniqlanganda;
elektr energiyasi va tabiiy gaz iste'molini hisobga olish priborlari qasddan buzilganda, ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashilganda.
Savollarga yurist Javohir Shamsutdinov javob berdi
Mavzuga oid
21:23 / 31.01.2026
Klichko Kiyev aholisiga xavotirli murojaat bilan chiqdi
16:44 / 28.01.2026
Chiqindidan qarzi bor 152 ming abonentning elektr to‘loviga cheklov qo‘yildi
11:53 / 09.01.2026
Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya berilmoqda
15:41 / 07.01.2026