Jamiyat | 17:06 / 31.08.2018
9144
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va'da qilgan firibgarga hukm o‘qildi

Illyustrativ foto

2018 yil avgust oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati Dang‘ara tuman sudining sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Ushbu sud majlisida Xojiyeva Zarifaxon Xaytbayevnaga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, Z.Xojiyeva, xavfli retsidivist bo‘lgani xolda J.Qoraboyevdan jami 950 AQSh dollari  va 2.970.000 so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olib, o‘z shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Buning evaziga esa Janubiy Koreya Respublikasiga borish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlarni tayyorlashda yordam berishini va Janubiy Koreya Respublikasiga davlat tomonidan shartnoma asosida ishlash uchun yuborishini va'da qiladi.

Shuningdek, G.Qosimovadan ham huddi shu yo‘l bilan bir necha marotaba bo‘lib-bo‘lib jami 1350 AQSh dollari va 3.900.000 so‘m miqdoridagi pulni oladi. Ushbu mablag‘larni ham o‘zining shaxsiy extiyojlari uchun ishlatib yuboradi.

Sudlanuvchi Z.Xojiyevani Zarifaxon O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (Firibgarlik, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidanbilan) aybdor deb topdi va 5 yil muddatga ozodlikdan maxrum kilish va 1 497 750 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Sudlanuvchi Z.Xojiyevadan jabrlanuvchi G.Kosimovaga 14 808 000 so‘m, Sh.Qoraboyevaga 10 646 000 so‘m undirilishi belgilandi.

Hukmdan norozi taraflar shikoyat yoki protest bildirishga haqliligi tushuntirildi.

Зафар Солижонов
Tayyorlagan Зафар Солижонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid