Sport | 21:31 / 01.09.2018
13900
1 daqiqa o‘qiladi

2020 yilgi yozgi Olimpiada mash'alasi qachon yoqilishi ma'lum qilindi 

Foto: Sputnik

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Tokioda 2020 yilda o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari mash'alasi 2020 yil 11 martda yoqilishini ma'lum qildi. Bu haqda Kyodo axborot agentligi xabar berdi. 

Olimpiya mash'alasi estafetasi 2011 yilda sunami va zilziladan talofat ko‘rgan Fukusima prefekturasida start oladi va 121 kun davom etadi. O‘yinlarning ochilish marosimi 2020 yil 24 iyulda bo‘lib o‘tadi. Olimpiada 9 avgustgacha davom etadi.

Tokiodagi Olimpiadada 33 sport turi (50 ta yo‘nalish) bo‘yicha 339 medallar shodasi o‘ynaladi. Ushbu Olimpiada dasturiga 5 ta yangi sport turi kiritilgan: beysbol/softbol, karate, sportcha qoyaga ko‘tarilish, serfing va skeytbording. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid