Jamiyat | 14:43 / 01.09.2018
3851
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Zangiota tumanida bayram tadbirlari. Tumanda yangi xususiy bog‘cha ham ochildi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida “Ilk qadam” nomli xususiy maktabgacha ta'lim muassasasi ochildi. Bu haqda tuman hokimligi xabar bermoqda.

Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarga ingliz, rus tillari o‘rgatiladi. Qayd etilishicha, nodavlat bog‘cha 100 o‘ringa mo‘ljallangandir. Bu yerda bolalar uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratilgan.

Shuningdek, tumanda Mustaqillikning 27 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda tuman hokimi, mas'ul idora va tashkilotlar vakillari, tuman aholisi qatnashdi. Tadbirda O‘zbekiston xalq artistlari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar ishtirok etdi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid