Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Vaz-2106» «Zil-131»ga borib urildi, ikki ayol kishi halok bo‘ldi
Jizzax shahrida 31 avgust kuni Forish tumanida yashovchi B.U. boshqaruvidagi “VAZ-2106” rusumli avtomashinasini “I.Karimov-Buyuk Turon” ko‘chalari chorrahasida haydab ketayotib, asosiy yo‘ldan harakatlanib kelayotgan A.N. boshqaruvidagi “Zil-131” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Natijada “VAZ-2106” avtomashinasi yo‘lovchilari, B.U.ning turmush o‘rtog‘i M.T. hamda M.Q. ismli ayollar jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay ular vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda YTH yuz bergani, haydovchining ehtiyotsizligi sabab rafiqasi va qizi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:00 / 16.04.2026
“Bir joyingga tiqib qo‘yaman hozir” - Toshkentda qoidabuzar haydovchi boshqa haydovchiga tahdid qildi
18:42 / 13.04.2026
O‘zbekistonda 3 oyda YTH oqibatida 346 kishi halok bo‘ldi – IIV
14:21 / 08.04.2026
Qashqadaryo va Jizzaxning tog‘li hududlarida qor yog‘di
12:06 / 07.04.2026