Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quvayt amiri AQShda Donald Tramp bilan uchrashadi
Quvaytning amaldagi davlat rahbari 3 sentabr kuni AQShda Donald Tramp bilan uchrashishi kutilmoqda, deb xabar beradi KUNA nashri.
Shayh Sabah al Ahmad al Jobir as Sabah bir yildan ortiq davom etgan Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA hamda Misr va Qatar o‘rtasidagi taranglikni yumshatish uchun harakat qilib kelayotgan mediatorlardan biri sanaladi.
To‘rt arab davlati rasmiy Dohani terrorizm va Eronni qo‘llab-quvvatlashda ayblaydi. Tramp ziddiyat avvalidanoq saudlar oilasi tomonida turib, arablarni qo‘llab kelayotgandi. Ammo, Yaqin Sharq mintaqasida vaziyat o‘zgarishi bilan u arablarni inoq bo‘lishga chaqirdi hamda Eronga qarshi turishga targ‘ib etmoqda.
Reuters iyul oyida AQShning mintaqada yangi xavfsizlik tashkilotini tuzish istagida yurgani haqida ma'lumot tarqatgandi. Bu bilan amerikaliklar Eronga qarshi mintaqada qarshi kuchni qo‘llamoqda. Ma'lum bo‘lishicha, ushbu masala Vashingtonda o‘tkazishi rejalashtirilgan arab-AQSh sammitida muhokama etiladi.
Mavzuga oid
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
18:30 / 02.07.2026