Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATOning Afg‘onistondagi missiyasiga amerikalik general qo‘mondon etib tayinlandi
Foto: REUTERS / Omar Sobhani
NATOning Afg‘onistondagi missiyasining yangi qo‘mondoni avval AQShning maxsus operatsiyalar bo‘yicha birlashgan qo‘mondonligiga boshchilik qilgan general Ostin Skott Miller bo‘ldi.
General Miller NATOning “Qat'iy ko‘mak” missiyasiga qo‘mondonlikni general Jon Nikolsondan missiyaning Kobuldagi bosh qarorgohida o‘tgan marosim vaqtida olgan. NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg general Miller bilan NATOning 41 ittifoqdoshi va hamkori ishtirok etayotgan missiya qo‘mondoni sifatida yaqindan hamkorlik qilishga umid bildirgan.
NATOning Bryusselda 11-12 iyulda o‘tgan sammitida NATOga a'zo va “Qat'iy ko‘mak” missiyasiga hissa qo‘shayotgan hamkor davlatlar rahbarlari afg‘on xavfsizlik kuchlarini moliyalashtirishni 2024 yilgacha uzaytirishga qaror qilgan.
Avvalroq NBC telekanali vaziyatdan xabardor manbalarga iqtibos keltirgan holda AQSh prezidenti Donald Tramp generallar bilan 19 iyuldagi uchrashuvda Afg‘onistondagi qo‘shinlar qo‘mondonini “urushni yuta olmayotgani” sababli o‘zgartirishni talab qilganini ma'lum qilgan.
Tramp may oxiridayoq AQShning Afg‘onistondagi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga aynan Millerni tayinlashni taklif qilgandi.
Mavzuga oid
16:41 / 22.02.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab zarbalar yo‘lladi
14:13 / 19.02.2026
NATO Boltiqbo‘yi sohiliga desant tushirish mashqlarini o‘tkazmoqda
14:28 / 18.02.2026
Patrushev NATOni “hujumkor guruh” tuzishda aybladi
20:01 / 17.02.2026