FXX Donetskda maxsus guruh ish olib borayotganini bildirdi
O‘zini mustaqil deb e'lon qilgan Donetsk xalq respublikasi rahbari Aleksandr Zaxarchenkoning o‘limi ishi bo‘yicha tergovga yordam berish uchun Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlaridan iborat guruh DXRga jo‘natilgan. Bu haqda «Interfaks»ga FXXning tezkor axborot va xalqaro aloqalar xizmati rahbari Sergey Beseda ma'lum qildi.
«U yerda mutaxassislar allaqachon ish boshlagan», — dedi u.
Besedaning so‘zlariga ko‘ra, FXX tan olinmagan respublika rahbarining o‘limiga Ukraina maxsus xizmatlari aloqador deb hisoblaydi.
«Biz bu aniq shunday deb o‘ylaymiz», — deb qo‘shib qo‘ydi u.
2 sentabr kuni «Rosbalt» DXR kuch ishlatish tuzilmalaridagi manbasiga tayanib, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning topshirig‘iga ko‘ra Zaxarchenkoga nisbatan amalga oshirilgan suiqasdning haqiqiy ijrochilarini topish uchun Donetskka rossiyalik mutaxassislar kelishganini ma'lum qilgandi.
«Ular jiddiy yigitlar. Rossiya prezidenti qotillarni qidirib topish va jazolashni aytgan», — degan agentlik suhbatdoshi.
U haqiqiy qotillar hozircha topilmaganini aytgan.
«Ekspertlarning ta'kidlashlaricha, portlovchi qurilmani o‘rnatish uchun yarim soatdan kam vaqt ketmagan. Shuning uchun qo‘lga olinganlar bu ishga aloqador bo‘lishlari mumkin emas», — degan manba.
Zaxarchenko 31 avgust kuni Donetskdagi «Separ» kafesida bomba portlashi oqibatida halok bo‘lgandi. Uning o‘limidan keyinoq DXR hukumati gumondorlar qo‘lga olinganini, ular bu ishga Ukraina tomoni aloqador ekanligini tasdiqlashganini ma'lum qilgandi. Kiyev bu ayblovni rad etgan.
Mavzuga oid
15:20 / 30.10.2024
UQK generali Marchenko: Donbassdagi front «parchalandi»
15:50 / 29.10.2024
Rossiya armiyasi Donetsk oblastidagi Gornyak shahrini egalladi
22:37 / 27.10.2024
Boliviya sobiq prezidenti Evo Moralesga suiqasd uyushtirildi
11:28 / 26.10.2024