Jahon | 19:38 / 03.09.2018
9702
1 daqiqa o‘qiladi

Malika Kleopatra bilan bog‘liq qadimiy osori atiqalar topildi

Foto: Shutterstock

Misrlik arxeologlar shoh Ptolemey V Epifan va uning xotini Kleopatra bilan bog‘liq buyumlarni topishdi. Bu haqda mamlakat qadimshunoslik ishlari bo‘yicha vazirligi xabar berdi

Olimlar qadimiy Nubit shahrida saqlanib qolgan Kom-Ombo ibodatxonasida matn va tasvirlar tushirilgan uzun tosh plitalarni aniqlashdi.  

Plitalardan birining uzunligi 2,53 metrga yetadi. Unda Ptolemey va Kleopatra tasvirlangan hamda 29 satr iyeroglif bitilgan. Uzunligi 2,8 metr bo‘lgan ikkinchi plitada ham shoh va uning oila a'zolari tasvirlangan. Unga ikkita matn tushirilgan bo‘lib, biri 34 iyeroglifdan, ikkinchisi esa qadimgi Misr yozuvining 33 belgisidan iborat.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid