Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Butun dunyodagi ko‘chmas mulkning umumiy qiymati ma'lum qilindi
2017 yilda butun dunyodagi ko‘chmas mulkning umumiy qiymati 6,2 foizga oshib, rekord darajadagi 280,6 trln dollarni tashkil qildi. Bu haqda Savills konsalting kompaniyasiga iqtibos keltirgan holda RBK nashri ma'lum qildi.
Mutaxassislar tomonidan keltirilgan baho 78,3 trln dollarga baholanuvchi dunyo yalpi ichki mahsuloti hajmidan 3,5 marta ko‘proqni tashkil qiladi. Dunyodagi barcha ko‘chmas mulkning 80 foizi turar-joyga (220,6 trln dollar) to‘g‘ri kelar ekan. Qolgan 60 trln dollar tijorat ko‘chmas mulkiga hamda o‘rmon va qishloq xo‘jaligi mulkiga (27 trln dollar) to‘g‘ri keladi.
Mintaqalar o‘rtasida Shimoliy Amerika va Yevropa umumiy ko‘chmas mulk qiymati bo‘yicha eng yiriklari hisoblanar ekan: ushbu mintaqalar aholisi dunyo aholisining 17 foizini tashkil qilgan holda ularning ulushiga butun ko‘chmas mulkning 44 foizi to‘g‘ri kelar ekan. Yana 26 foiz ko‘chmas mulk Xitoy va Hongkong ulushiga to‘g‘ri kelishi ma'lum qilingan.
Davlatlar borasida mutaxassislar Buyuk Britaniyadagi ko‘chmas mulkni 9 trln dollarga, Rossiyadagini esa 2,9 trln dollarga baholashgan.
Mavzuga oid
10:15
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
14:07 / 11.06.2026
Yevropada AQShga ishonch tarixiy minimumga tushdi
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:17 / 10.06.2026