Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadalik olimlar egiluvchan planshet yaratishdi (video)
Kingstondagi (Kanada) Kuins universiteti olimlari guruhi silindr atrofida o‘ralgan, egiluvchan displeyga ega antiqa planshetni yaratdi.
N+1’ning yozishicha, MagicScroll deb nomlangan qurilma ikkita LG G Flex 2 smartfoni displeyidan yaratilgan 7,5 dyuymli ekran olgan. Ekranning bir cheti silindrik korpusga mahkamlangan, ikkinchisi esa korpusdan ajralib, planshetni o‘rog‘liq xatga o‘xshab yoyish imkonini beradi. Tsilindrik korpus ichida boshqaruv platasi va litiy-ion akkumulyatorlar, ekranni mahkamlash uchun magnit bor. Korpusning chetlarida kiritish va chiqarish uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan aylanuvchi regulyatorlar mavjud.
Planshet ixtirochilarining fikricha, ko‘plab vazifalarni bajarishda qurilmani o‘rog‘liq holda qo‘llash mumkin, ekranni kattaroq hajmdagi ma'lumotni aks ettirish uchungina ochishga to‘g‘ri keladi. Qurilma shuningdek imo-ishoralarni tanishni qo‘llab-quvvatlaydi.
YouTube’da joylashtirilgan videorolik orqali yangi planshet haqida tasavvur hosil qilish mumkin.
Ta'kidlash joizki, ushbu qurilma kanadaliklarning ilk shunday qurilmasi emas. Avvalroq ular golografik ekranga ega HoloFlex hamda ReFlex egiluvchan smartfonlarini taqdim qilishgan.
Mavzuga oid
11:05 / 07.07.2026
Kanada Germaniyadan 12 ta zamonaviy suvosti kemasini sotib oladi
11:19 / 29.06.2026
JCh kundaligi. 1/8 finalning ilk ishtirokchisi ma’lum, Koreya lagerida mojaro, Kabo-Verde sardorida muammo
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026