Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Suriya bilan chegaraga tanklar yubordi
Turkiya Suriya bilan chegaraga tanklar yubordi, deb xabar qilmoqda Hurriyet manbalarga tayangan holda.
Harbiy texnikani jo‘natish 4 sentabr kuni ertalabdan boshlandi. Jami M60 tanklari va gaubitsalarni olib o‘tuvchi sakkizta mashina Suriyaning Idlib viloyati bilan chegaraga jo‘natildi. Gazetaning yozishicha, Anqara shu tariqa Damashq Idlibdagi qurolli tuzilmalarga hujum uyushtirganidan so‘ng, Suriyadan qochqinlar oqimini ushlab qolmoqchi.
Tanklar harbiylar suriyaliklar harakatlarini kuzatishi uchun yaqin masofadan kuzatuv tizimlari bilan jihozlangan. Shuningdek, ta'kidlanishicha, hujum boshlanishidan oldin Turkiya chegaraning Suriya tomonida joylashgan «Atma» qochqinlar lagerini kengaytirdi va Idlibda 12ta kuzatuv postini o‘rnatdi.
Hurriyet’ga ko‘ra, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Suriyadagi harbiy harakatlar tufayli Turkiyaga taxminan 2,5 million kishi qochib o‘tishi mumkinligidan tashvish bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Rossiyani «jiddiy xato» haqida ogohlantirgandi.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
08:33 / 02.06.2026