AQŞ prezidenti Donald Trampning tvitterdagi öz sahifasida yozişiça, Rossiya va Eron Suriya prezidenti Başar Asadning Idlib viloyatidagi «telbalarça» hujumini qöllab-quvvatlaydigan bölsa, «juda jiddiy xato» qilişi mumkin.

Trampning ma'lum qilişiça, Asad Idlibga «telbalarça» hujum qilmasligi kerak. Qöşma Ştatlar prezidenti Damaşqning bu viloyatni ozod qiliş böyiça rejalariga şunday reaksiya bildirdi. 

«Rossiyaliklar va eronliklar agar uşbu ehtimoliy insonlar fojiasida iştirok etsa, jiddiy gumanitar xatoga yöl qöyadilar», - deya yozadi Tramp.

Uning sözlariga köra, bunday harakatlar natijasida «yuz minglab odamlar» halok bölişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Suriyaga zarba beriş uçun obektlar röyxatini tuzgani haqida xabarlar tarqalgandi.