O‘zbekiston | 13:30 / 05.09.2018
16712
2 daqiqa o‘qiladi

6 sentabr kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 6 sentabr kuni poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda  shamol esadi. Kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol  esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq  bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 11-16 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

Mavzuga oid