Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon IIB Qo‘riqlash xizmati kuzatuv kameralari 7 oy davomida 98ta huquqbuzarlikni aniqladi
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda videokuzatuv kameralari ichki ishlar xodimlarining yaqin yordamchisiga aylanib bormoqda.
Andijon viloyati IIB matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, viloyat IIB Qo‘riqlash boshqarmasi va uning joylardagi bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida bugungi kunga kelib viloyat hududida videokuzatuv kameralarining soni 17431taga yetgan.

Qo‘riqlanayotgan obektlardagi videokuzatuv kameralaridan foydalanish natijasida joriy yilda Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan 98ta huquqbuzarlik aniqlanib, 17,761 704 so‘mlik davlat va xususiy mulklarning talon-taroj qilinishi oldi olingan. Huquqbuzarlarga sud tomonidan 21,792 026 so‘m jarima jazosi tayinlangan.


Mavzuga oid
10:00
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026
Andijonda suv va oqova suv tizimlarining rekonstruksiyasi boshlandi
08:21 / 25.06.2026
Andijonda 1980-yillarda qurilgan magistral suv tarmog‘i yangilanadi
22:54 / 24.06.2026