Jahon | 08:48 / 06.09.2018
6192
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada zilziladan keyin AESda tashqi ta'minot o‘chib qoldi

Foto: Wikipedia.org

Yaponiyaning Xokkaydo orolida ro‘y bergan zilziladan so‘ng «Tomari» atom elektr stansiyasida tashqi ta'minot o‘chib qoldi. Bu haqda «Kiodo» Yaponiya Yadroviy masalalarni tartibga solish bo‘yicha boshqarmasiga tayangan holda xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, tashqi ta'minot manbalarining yo‘qolishi oqibatida Xokkaydodagi «Tomari» AESda qayta ishlangan yadro yoqilg‘isiga basseynlar favqulodda elektr uzatish tizimi yordamida sovitish rejimiga o‘tdi.

Avvalroq, Yaponiya shimolidagi zilzila bir necha binolarning qisman qulashiga sabab bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ta'kidlanishicha, vayronalar ostida odamlar bo‘lishi mumkin.

Yaponiyaning shimoliy qismida 6.7 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Zilzila markazi Sapporo aholi punktidan 67 kilometr janubi-sharqda, 39 kilometrlik yer tubida joylashgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid