Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonada hujjatlarda ko‘rsatilmagan 730 mln. so‘mlik tovar aniqlandi
O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada liberallashtirish, sog‘lom raqobatni kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ammo ayrim xo‘jalik sub'yektlari tomonidan berilayotgan imkoniyatlar va yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanish o‘rniga, mo‘may daromad orttirish maqsadida amaldagi qonunlarni chetlab o‘tishga urinishlar ko‘zga tashlanmoqda.
Yaqinda Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Chuqursoy texnik idora” chegara bojxona posti xodimlari Farg‘ona viloyatidagi mas'uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga Xitoydan keltirilgan yuklar ortilgan konteynerni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida navbatdagi bojxona qoidabuzarligini fosh qilishdi.
Yuk-kuzatuv hujjatlariga ko‘ra, konteynerda 34 tonna og‘irlikdagi velosiped pokrishkalari ortilgan bo‘lishi lozim edi. Ammo bojxona ko‘rigi davomida konteynerda hujjatlardagidan ortiqcha 25 ming 440 dona velosiped pokrishkalari va hujjatlarda umuman ko‘rsatilmagan 4 turdagi salkam 28 ming 680 dona uzunlik o‘lchash asboblari, salkam 20 ming dona elektroizolyatsion lentalar borligi aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga fuqaro X.Yo.ga tegishli mazkur tovar-moddiy boyliklarning taxminiy qiymati 730 mln. so‘mdan ortar ekan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida
11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi
20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin
09:31 / 21.02.2025