KUN.UZ tahririyati va Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi bilan hamkorlikda «Soğlom hayot» loyihasi olib borilmoqda. Unda inson salomatligi bilan boğliq turli mavzularda oliy toifali şifokorlar bilan suhbat, ularning tavsiyalari berib borilmoqda. Bugungi mavzu xalq tilida «grija» deb ataladigan umurtqa poğonasi çurrasining vujudga kelişi, uning oldini oliş va davolaş haqida. Suhbatdoşimiz tibbiyot fanlari doktori, vertebrolog Alişer Sattorov.

Şifokorlarning oğir kötarmaslik, organizmni haddan ziyod zöriqtirmaslik yoki keskin va qaltis jismoniy harakatlar qilmaslik kabi maslahatlariga hamma ham amal qilavermaydi. Soğliğimizga bee'tiborligimiz oqibatida esa jiddiy muammolarga duç kelişimiz ehtimoli oşadi. Umurtqa poğonasi çurrasining vujudga kelişi ham ana şunday muammolardan biri.

Youtube'da köriş

Mover.uz'da köriş

Disk çurrasi xastaligi

Disk çurralari yoki disk siqilişlari - suyak muşak tizimidagi degenerativ-distrofik kasallik bölib, fibroz xalqaning yorilişi tufayli umurtqalararo disk pulpoz yadrosining atrofga siljişiga aytiladi. Har 1000 ta murojaatdan 14 tasida uçraydi.

Disk çurrasi kasallik bölib, köpinça osteoxandrozning asorati bölib keladi. Bu kasallik yoşga xos hisoblanar edi, lekin borgan sari disk çurrasi yoşarmoqda, ya'ni 20 yoşda ham uçraydi. Töğri davolanmasa nogironlikka olib kelişi mumkin. Disk çurrasining alomatlari esa quyidagilar:

- belda oğriqning paydo bölişi;

- harakatda va yötalganda oğriqning kuçayişi;

- uyişiş va muşaklarda kuçsizlik;

- qöl yoki oyoqning oriqlaşişi va h.z.

Disk çurrasini jarrohlik amaliyotisiz davolaş mumkinmi?