Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston madhiyasini bilmaydigan deputat o‘z xatosini to‘g‘irladi (video)
Qirg‘iziston parlamenti – Jogorku Kenesh deputati Parxat Tulendibayev Qirg‘iziston madhiyasini bilmasligi uchun hamyurtlaridan kechirim so‘radi. Uning uzr so‘ragan posti parlament matbuot xizmati boshlig‘i sahifasida joylashtirilgan.
Bundan avval 4 sentabrda Tulendibayev madhiyani noto‘g‘ri ijro etayotgani videosi paydo bo‘lgan. Deputat 5 sentabrda hamyurtlaridan bu kamchiligi uchun so‘ragan.
“Bunday holatni har qanday qirg‘izistonlik, ayniqsa parlament deputati uchun nomaqbul deb hisoblayman. Kelgusida bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka hamda xalqim va davlatim farovonligi uchun xizmat qilishni davom ettirishga va'da beraman”, deb yozgan deputat.
Yangi videoda deputat madhiyani boshida milliy qalpoq bilan ijro etayotgani tasvirlangan.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026