O‘zbekiston | 14:55 / 06.09.2018
15587
2 daqiqa o‘qiladi

Pensiya va nafaqa oluvchilar uchun interaktiv xizmatlar ishga tushirildi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida «Fuqaroning pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma'lumotnoma olish» va «Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish» xizmatlari ko‘rsatila boshladi, deb yozadi Norma.
 
«Fuqaroning pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma'lumotnoma olish» xizmati yordamida tegishli hujjat olish uchun buyurtmanoma rasmiylashtiriladi.
 
«Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish» xizmatidan foydalanib, tegishli nafaqa olish uchun ariza berish mumkin.
 
Eslatib o‘tamiz, bola tug‘ilganda bir yo‘la beriladigan nafaqa EKIHning ikki baravari miqdorida to‘lanadi. Ish haqiga tuman koeffitsiyentlari belgilangan joylarda nafaqa miqdori ushbu koeffitsiyentni hisobga olgan holda belgilanadi. Ishlamaydigan va ta'lim olmaydigan ota-onalarga nafaqa byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan, boshqalarga – ish yoki o‘qish joyida tayinlanadi va to‘lanadi.
 
Ikkala xizmat bepul asosda ko‘rsatiladi.

Mavzuga oid