O‘zbekiston | 13:21 / 06.09.2018
10869
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda aholiga innovatsion mahsulotlarni yetkazib beruvchi zavod qurilishi mumkin

Bugun, 6 sentabr kuni Toshkent shahri hokimiyatida Toshkent shahar hokimi va tadbirkorlar, xorijiy investorlar ishtirokida «Toshkent shahrini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish»ga bag‘ishlangan ochiq uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 50dan ortiq tadbirkor va investorlar qatnashdi. Toshkent shahri hokimi har bir tadbirkor va investor bilan shaxsan suhbatlashdi va ularning loyihalari bilan tanishib chiqib, kerakli ko‘rsatmalarni berib o‘tdi.

Shunday loyihalardan biri «DAVRON KAPITAL» xususiy korxonasi tomonidan taqdim etildi. Korxona eksportga mo‘ljallangan, innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi zavod qurmoqchi. Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad aholiga yangi innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish va ish bilan ta'minlash hisoblanadi. Loyihaning umumiy qiymati 3 million AQSh dollarini tashkil etadi. Korxonada jami 3ta sex ishga tushirilishi ko‘zlangan. 2 gektar maydonda tashkil etiladigan zavodda jami 150 yangi ish o‘rni yaratilishi rejaga kiritilgan.

Loyiha shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tomonidan maqullandi. Loyiha keyingi bosqichdan o‘tganidan so‘ng, realizatsiya qilinishi boshlanadi.

Mavzuga oid