O‘zbekiston | 15:32 / 07.09.2018
6532
1 daqiqa o‘qiladi

“Afrosiyob – palas” mehmonxonasida xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda rekonstruksiya ishlari olib boriladi

Foto: 1001hotels.uz

“Afrosiyob – palas” mehmonxonasi DUKni rekonstruksiya qilish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

“Huquqiy axborot” kanali xabariga ko‘ra, rekonstruksiya bo‘yicha loyihani investitsiyalarni jalb qilgan holda “EXIM Investments Pte Ltd” xorijiy kompaniyasi (Singapur) amalga oshiradi.

Zamonaviy mehmonxona majmuasini tashkil etish maqsadida 2 yil ichida 12 mln dollar miqdorida investitsiyalar jalb qilinishini hamda natijada respublikaning 100ga yaqin fuqarolari uchun ish joylari yaratilishi belgilangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid