Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alyaskada to‘lqinlari balandligi 200 metrlik ulkan sunami izlari topildi
AQShning Vashington shtati universiteti olimlari Alyaskada to‘lqinlari balandligi 200 metrga yetgan ulkan sunami izlarini aniqlashdi. Ularning tadqiqoti Scientific Reports nashrida chop etildi.
Ta'kidlanishicha, sunami 2015 yil 17 oktabrda Alyaskadagi Taan fordi sohillariga yopirilgan. Bu hududda odam yashamaydi, shu sababli tabiiy ofat qurbonlarga olib kelmagan va deyarli sezilmay qolgan.
Tsunamiga Tindall muzligi erishi oqibatida dengizga muz bo‘laklari tushishi sabab bo‘lgan. Bunday sunamilar hozirda ko‘p uchramoqda, chunki muzliklar butun dunyo bo‘ylab erimoqda. Alyaskadagi sunami esa buning isbotidir, deb aytmoqdalar olimlar.
Olimlarning ta'kidlashicha, bugungi kunda bunday sunamilar Grenlandiya, Norvegiya va Patagoniya kabi hudud va davlatlarga xavf soladi.
Tsunami izlari Alyaska sohillaridagi daraxtlar, toshlar va tuproq qoldiqlari evaziga aniqlandi. Olimlarning baholashicha, muz ko‘chkisi massasi 180 mln tonnagacha yetgan, yuz bergan sunami esa oxirgi 100 yil ichida qayd qilingan sunamilar orasida yirikligi bo‘yicha 4-raqamlisi bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:02 / 11.04.2026
Kosmosdan tarixiy kuzatuv: sunami paydo bo‘lishi ilk bor muhrlandi
21:09 / 08.12.2025
Yaponiya shimolida joriy yildagi eng kuchli zilzila sodir bo‘ldi
21:22 / 04.10.2025
Olimlar 40 ming yildan beri abadiy muzlikda bo‘lgan mikroblarni uyg‘otdi
13:05 / 19.09.2025