Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: Turkiya Suriyada begunoh odamlar o‘ldiriladigan bo‘lsa, chetdan qarab turmaydi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning tvitterda ma'lum qilishicha, agar xalqaro hamjamiyat Suriyada begunoh kishilarning o‘ldirilishi holatlariga e'tiborsizlik bilan yondashsa, Anqara chetda turmaydi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, suriyalik oddiy fuqarolarning xavfsizligiga e'tiborsizlik bilan yondashadigan usullar «hech qanday foyda keltirmaydi».
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, agar Suriya hukumati manfaatlari yo‘lida begunoh odamlarning o‘ldirilishi e'tiborga olinmasa, Turkiya Suriya Arab Respublikasining hamkori bo‘lib qololmaydi.
Erdo‘g‘anning alohida ta'kidlashicha, Anqara Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishni talab qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyada respublikani tiklashda ishtirok etmoqchi bo‘lgan davlatlar ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026