Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ishga joylashtirishga va'da berib pul olgan tibbiyot xodimlari qo‘lga tushdi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi taqdim etgan ma'lumotga ko‘ra, shu yilning 5 sentabr kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga fuqaro B.S. ariza bilan murojaat qilib, unda Kogon tumani Tibbiyot birlashmasi xodimlari S.G. va N.D. rahbariyat orqali uni Kogoni tumani Tibbiyot birlashmasining Bolalar bo‘limiga farrosh lavozimiga ishga joylashtirish evaziga 200 AQSh dollari berishini talab qilayotganliklarini ma'lum qilgan.
Mazkur arizaga asosan, shu kuni Buxoro viloyati ichki ishlar hamda prokuratura organlari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Kogon tumani Tibbiyot birlashmasi xodimlari S.G. va N.D. Kogon tumani Tibbiyot birlashmasi kadrlar bo‘limi xonasida ariza muallifi B.S.dan 200 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Ushbu holat yuzasidan Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026