Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiya Falastinning mustaqilligini tan olishdan voz kechmaydi
Kolumbiya hukumati sobiq prezident Xuan Manuel Santosning Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olish qaroridan voz kechmaydi. Bu haqda mamlakatning tashqi ishlar vaziri Karlos Xolms Truxilo ma'lum qildi.
El Tiempo nashrining yozishicha, bunday bayonotni Truxilo AQShga safarining birinchi kuni aytgan. Truxiloning aytishicha, Kolumbiya Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olish qaroridan voz kechmaydi.
“Shu bilan birga Falastin bilan munosabatlar borasida yangi qadamlar amalga oshirilmaydi. Kolumbiya Falastinda diplomatik vakolatxonasini ochmaydi. Kolumbiyaning Misrdagi va Isroildagi elchixonalari fuqarolarimiz iltimosini qondirish uchun yetarli”, deb aytgan Truxilo.
30 avgustda Kolumbiyaning sobiq prezidenti Xuan Manuel Santos Kolumbiya tomonidan Falastinning mustaqil davlat sifatida tan olinganini e'lon qildi. Santosning prezident lavozimidagi vakolati 7 avgustda o‘z poyoniga yetdi.
Mavzuga oid
18:02 / 01.05.2026
Infantino jonli efirda Isroil va Falastinni yarashtirishga urindi
19:54 / 28.04.2026
AQSh zarbxonasida Kolumbiya kartellariga tegishli oltin topildi
19:07 / 27.04.2026
FATH G‘azo sektorida 20 yil ichida ilk bor o‘tkazilgan mahalliy saylovda g‘alaba qozondi
17:42 / 07.04.2026