Tramp amerikaliklarning “qo‘rquvi va nafratidan foydalanmoqda” – Obama
AQShning sobiq prezidenti Barak Obama amaldagi prezident Donald Tramp amerikaliklarning “qo‘rquvi va nafratidan foydalanmoqda” deb aytdi. Bu esa ularni bo‘laklaydi.
Obama Illinoys shtati universitetidagi nutqida “hokimiyat va imtiyozlarga ega odamlar bizning bo‘laklangan, jahldor va beor bo‘lib qolishimizni istaydi, chunki bu ularga hammasini o‘z o‘rnida saqlab qolishga yordam beradi”, deb aytgan.
“Bu bo‘laklanish Donald Trampdan boshlanmagan. U sabab emas, oqibat. U siyosatchilar yillar davomida “ko‘pirtirgan” ranj-alamlardan foydalanmoqda. Bizning o‘tmishimizga borib taqaladigan qo‘rquv va nafratdan, shuningdek, hayotimizda qachondir bo‘lgan kuchli larzalardan”, deb aytgan Obama.
Obama Demokratlar partiyasidan prezident bo‘lgan, Tramp esa Respublikachilar partiyasidan prezident hisoblanadi. Hozirda ikkala partiya ham AQSh kongressiga saylovlarga faol ravishda kampaniyalar olib bormoqda. Ushbu saylovlar 6 noyabrda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
09:59 / 07.11.2024
Sobiq prezident Obama Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
15:50 / 21.08.2024
«Bu kinoni oldin ham ko‘rganmiz». Obama Trampning ikkinchi muddati xavfidan ogohlantirdi
14:59 / 26.07.2024
Barak Obama saylovda Kamala Harrisni qo‘llashini ma’lum qildi
09:34 / 19.07.2024