Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya dori vositalari ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi rahbari Aziz Abdullayev Moskvada Rossiya farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda «Soteks», «Nanolek», «Valenta Farm», «Dalximfarm» va boshqa kompaniyalar vakillari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida Rossiya kompaniyalari O‘zbekistondagi farmatsevtika sanoati va mahalliy ishlab chiqaruvchilarga taqdim etiladigan imtiyozlar haqida ma'lumot oldilar.
Aziz Abdullayevning qayd etishicha, O‘zbekiston importning ulushini kamaytirish va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni maqsad qilib qo‘ygan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishga Xitoy, Hindiston va Koreya kompaniyalari tomonidan qiziqish bildirilmoqda.
Mavzuga oid
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026
Ukraina dronlari ilk bor Omsk neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi
10:15 / 06.07.2026
Britaniya davlat xizmatchilari akkauntlari hakerlik hujumiga uchradi
09:50 / 06.07.2026