Jahon | 21:23 / 09.09.2018
4952
1 daqiqa o‘qiladi

Abxaziyada vaqtinchalik bosh vazir tayinlandi

Foto: Sputnik / Tomas Txaytsuk

Abxaziya bosh vaziri Gennadiy Gaguliya 8 sentabrda avtohalokatda vafot etgandan keyin bosh vazir vazifalarini vaqtinchalik Daur Arshba bajaradi. Arshba bosh vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

70 yoshli Gaguliya mashinasida Sochidan Abxaziyaga ketayotganda Psou-Suxum yo‘lida avtohalokatga uchragan. Gaguliya mashinasiga boshqa mashina kelib urilgan. 

Gaguliya 12 sentabrda dafn etiladi. Abxaziya rahbariyati shu kun motam e'lon qildi. Shu munosabat bilan respublikada barcha bayroqlar tushirib qo‘yiladi, madaniy muassasalar va teleradiokompaniyalar ko‘ngilochar tadbirlarni bekor qiladi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid