Jahon | 22:23 / 09.09.2018
6623
2 daqiqa o‘qiladi

Alibaba rahbari Jyek Maning pensiyaga ketishi haqidagi xabar inkor etildi

Foto: Kommersant

Xitoyning Alibaba internet-riteyleri vakili kompaniyaning bosh direktori va asoschisi Jyek Ma 10 sentabrda pensiyaga ketishi haqidagi xabarni inkor etdi. Milliarderning kompaniyadan ketishi haqidagi so‘zlari noto‘g‘ri talqin qilingan va “noto‘g‘ridir”, deb ma'lum qilgan kompaniya vakili South China Morning Post nashriga. 

8 sentabrda The New York Times nashri Maning so‘zlariga iqtibos keltirgan holda u 10 sentabrda kompaniya rahbari lavozimidan ketishini ma'lum qilgan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, 10 sentabrda 54 yoshga to‘ladigan Ma xayriya ishlari va ta'lim loyihalari bilan shug‘ullanish uchun pensiyaga ketishini aytgan.    

Alibaba vakilining aytishicha, bu noto‘g‘ri ma'lumotdir. Ma kompaniyaning bosh direktori bo‘lib qoladi va ma'lum muddatdan keyin kompaniyadagi rahbariyatni topshirish haqidagi rejalarini ma'lum qiladi. Kompaniya vakilining ta'kidlashicha, Ma tug‘ilgan kuni munosabati bilan kompaniyani keyingi 10 yilda boshqarish bo‘yicha rejalari bilan o‘rtoqlashadi. 

Ma Alibaba kompaniyasini 1999 yilda 17 ta sherik bilan Xanchjou shahrida tashkil etgan. Kompaniya kichik va o‘rta biznesga mo‘ljallangan savdo maydonchasidan eng yirik onlayn-riteylerga aylangan. Bundan tashqari, kompaniya onlayn-banking, bulutli hisoblashlar, raqamli media bilan shug‘ullanadi. Kompaniya haydovchisiz avtomobillarni yaratish bilan ham shug‘ullanmoqda.

Mavzuga oid