19:00 / 09.09.2018
5833

BMT Misrni «Musulmon birodarlar» faollariga nisbatan o‘lim jazosini bekor qilishga chaqirdi

Foto: AFP/ Mohamed el-Shahed

BMT oliy komissari Mishel Bachalet Misrni "Musulmon birodarlar" tashkilotining 75 nafar yetakchi va faollariga nisbatan o‘lim jazosini bekor qilishga chaqirdi. 9 sentabr kuni Jyenevada bildirilgan bayonotda u sud adolatli o‘tmaganini ta'kidlamoqda. 

"Umid qilamanki, Misr Kassatsiya sudi bu hukmni qayta ko‘rib chiqadi va xalqaro adolat standartlariga muvofiq  uni bekor qiladi", - deydi Bachelet. BMT oliy komissari bayonotida Misr Jinoiy sudi tomonidan 75 nafar mahkumga e'lon qilingan o‘lim jazosiga nisbatan "haddan ziyod xavotir" aks etib, bu "adolatli sud natijasi emas"ligi ta'kidlanmoqda. Unda dastlab iyul oyida umumiy hisobda 739 kishi oliy jazoga hukm qilingani yodga solingan.

Bacheletning so‘zlariga ko‘ra, sud davomida hukm qilinganlarga yagona guruh sifatida qaralgan. Ularga sudyalar oldida "individual" javob berishga imkon berilmagan. Bundan tashqari, ularda "o‘z himoyasi uchun dalillar taqdim etish huquqi" bo‘lmagan. 

Shanba kuni Misr Jinoiy sudi 2013 yil yozidagi zo‘ravonlik va provokatsiyalar ishi bo‘yicha "Musulmon birodarlar"ning 75 nafar yetakchi va faoliga nisbatan o‘lim jazosini tasdiqladi. Uyushmaning bir necha rahbari, jumladan, Muhammad Al-Beltajiy va Isom Al-Aryan, shuningdek voiz Safuat Xijoziy shular jumlasidandir. 

2013 yilning yozida sobiq prezident, "Musulmon birodarlar" yetakchilaridan biri Muhammad Mursiyning harbiylar tomonidan chetlatilishidan keyin uning tarafdorlari poytaxtning ikki maydonida isyon ko‘tarishgan. Bir necha ogohlantirishdan so‘ng bu aksiyalar rasmiylar tomonidan tarqatildi va bu mamlakatda ko‘p sonli qurbonlarga olib keldi. Shu kuni namoyishlar tarqatilganidan bir necha soat o‘tgach, radikallar Mirsning turli hududlarida politsiya uchastkalari, davlat muassasalari, cherkovlar va oddiy fuqarolarga hujumlar uyushtirishgan. 

Barcha mahbuslar Kassatsiya sudida hukm qayta ko‘rib chiqilishini talab qilishlari mumkin. Bu orada esa radikallarning ba'zi yetakchilariga nisbatan hukm o‘qib bo‘lingan, shu jumladan o‘lim jazosi ham. 

Misrda oliy jazo jinoyatchini osish orqali amalga oshiriladi. Umrbod qamoq jazosi esa 25 yil ozodlikdan mahrum etishni ko‘zda tutadi. 

Mavzuga oid
Top