2025 yilning eng şov-şuvli firibgarlik işi deya ta’rif berilgan “Credit House” işi böyiça 9 kişi jinoiy jazoga tortildi. Firibgarlik sxemasining tepasida turgani aytilgan Dmitriy Bajyenov 9 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. 3 nafar ayol sudlanuvçiga şartli jazo qöllanib, ular oçiqda qoldirildi.

JIB Yakkasaroy tuman sudida “Credit House” amaldorlariga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi birinçi instansiyada körib çiqilib, hukm öqildi. Bu haqda sud majlisida qatnaşgan Kun.uz jurnalisti xabar berdi.

Jinoyat işi sudya Bahodir Qayumov raisligida körib çiqildi. Sud hukmiga köra, sudlanuvçilarga quyidagiça jazo tayinlandi:

  • Hikmatullayev Bahrom Behzod öğli – Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a, v” bandlari (firibgarlik), 170-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari (aldaş yoki işonçni suiiste’mol qiliş yöli bilan mulkiy zarar yetkaziş), 189-moddasi 1-qismi (savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş) va 28,192-11-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari (nodavlat tijorat taşkilotida yoki boşqa nodavlat taşkilotida mansabdor şaxslar tomonidan öz vakolatlarini suiiste’mol qiliş) böyiça aybli deb topilib, 8 yil 1 oy muddatga yilga ozodlikdan mahrum qiliş;
  • Şamsiddinov Alişer Muhammadiyeviç – Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a, v” bandlari bilan aybli deb topilib, BHMning 234,5 baravari miqdorida jarima jazosi;
  • Tolipova Klara Nodir qizi – Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a, v” bandlari, 170-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari, 189-moddasi 1-qismi va 28,192-11-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari böyiça aybli deb topilib, 6,5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Jazo şartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilandi;
  • Mirkamolov Ğayrat Rixsiyeviç – Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a, v” bandlari, 170-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari, 189-moddasi 1-qismi, 28,192-11-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari böyiça aybli deb topilib, 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş;
  • Galyamova Robiya Albertovna – Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a, v” bandlari, 170-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari, 189-moddasi 1-qismi va 28,192-11-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari böyiça aybli deb topilib, 6,5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Jazo şartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilandi;