Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan viloyatidan uch nafar xalq noibi Oliy Majlis Senati a'zoligiga saylandi
Namangan shahridagi “Yoshlar markazi” majlislar zalida xalq deputatlari Namangan viloyat, shahar va tuman Kengashlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Qo‘shma majlisni Namangan viloyati hokimi, xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, senator Xayrullo Bozorov qisqacha kirish so‘zi bilan ochib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2018 yil 28 avgustdagi 885-son qaroriga ko‘ra, Namangan viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari saylovi o‘tkazilishi ma'lum qildi. Yig‘ilishda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzoulug‘bek Abdusalomov ham so‘zga chiqdi.
Oqsoqollar kengashi raisi, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi Ikromxon Najmiddinov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zoligiga tavsiya etilgan xalq deputatlari Chust tumani va viloyat Kengashlari deputati, “Davronbek G‘aybullo” fermer xo‘jaligi rahbari Mavluda Fayzullayevna Imomova, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori, professor Odiljon Oxundadayevich Mamatkarimov va “Istiqlol dizayn markazi” mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari Baxtiyor G‘aniyevich Umarovlarning nomzodlari ko‘rsatilganini o‘qib eshittirdi.
Qo‘shma majlisda saylovni tashkil etish bo‘yicha sanoq komissiyasi va uning a'zolari saylab olindi. Sanoq komissiyasi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, Namangan shahridagi 26-sonli Mehribonlik uyi direktori Dilorom Abdurahimova ovoz berish natijalari haqida axborot berdi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, yuqorida nomzodlari ko‘rsatilgan, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Mavluda Imomova, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Odiljon Mamatkarimov va Baxtiyor Umarov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi etib saylanganliklari ma'lum qilindi.

Qo‘shma majlis yakunida oliy vakillik organlariga saylangan uchala senatorga tabrik yo‘llanib, ularga kelgusidagi mas'uliyatli va sharafli ishlarida kuch-g‘ayrat, omad va ulkan zafarlar tilandi.
Oqilxon Dadaboyev,
jurnalist
Mavzuga oid
20:03 / 02.05.2026
Namanganda xorijdan olib kelingan qalbaki dollarlarni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
08:59 / 28.04.2026
Namanganda bank xodimi tezkor tadbirda qo‘lga olindi
10:58 / 25.04.2026
Namangan bir oy davomida eng ko‘p gul ekish bo‘yicha rekord o‘rnatmoqchi
19:59 / 24.04.2026