O‘zbekiston | 18:40 / 10.09.2018
4743
3 daqiqa o‘qiladi

“Agro biznes Buxoro” xalqaro forumi o‘z ishini boshladi

Bugun, 10 sentabr kuni Buxoro viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 10 iyuldagi Qaroriga muvofiq yaratilgan “Buxoro-agro” erkin iqtisodiy zonasida biznes yuritishning afzalliklari, shuningdek, Buxoro viloyatining  investitsion salohiyati to‘g‘risida tushuncha berish imkonini o‘zida aks ettirgan maydon - “Agro biznes Bukhara” xalqaro biznes forumi o‘z ishini boshladi.

Unda dunyoning 18 davlatidan 120 dan ortiq xalqaro kompaniya vakili, shuningdek, Respublikaning barcha viloyatlaridan 200 dan ortiq xo‘jalik sub'yekti ishtirok etmoqda.

Forum  doirasida chet ellik investorlar va ishbilarmon doira vakillari uchun anjuman tashkil etildi. Unda Buxoro viloyatining investitsion salohiyatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, “Buxoro-agro” EIZ doirasida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini beruvchi turli sohalarda, jumladan, zamonaviy issiqxona xo‘jaliklarini qurish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, quritish, muzlatish va saqlash, ularni  xorijiy mamlakatlarga eksport qilish, ko‘plab zamonaviy fermer xo‘jaliklarini barpo etish haqida ma'lumotlar berildi.

- “Agro business Bukhara” xalqaro biznes Forumining yuqori saviyada tashkil etilgani, viloyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni jadallashtirish borasida hududlar investitsion salohiyatini namoyon qiluvchi ko‘rgazmali vositalarning to‘laligi e'tiborni tortmay qo‘ymaydi. Har biri o‘ziga xos. Buxoroga tashrifim birinchi marta emas. Forumda faqatgina iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash ko‘zda tutib qolinmagan, balki o‘zbek xalqining barcha qirralarini o‘zida mujassam etgan. Shu jihati bilan o‘zbekona ehtirom millatning eng katta boyligi ekanini yana bir karra isbot etdi. Milliy hunarmandchilik ravnaqi, turizm sohasidagi xizmatlar turining ravnaq topayotgani havas qilarli darajada, - deydi Turkiyaning “Varnet cam sera sist san ve Tic ltd sti” kompaniyasi direktori Xurshid Ilyos.

Shuningdek, Forum doirasida erishilgan kelishuvlarni mustahkamlash maqsadida  mahalliy va xorijiy tadbirkorlar o‘rtasida “B2B” shaklidagi kooperatsion birja tashkil etish belgilangan.  

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid