AQSh Falastinning Vashingtondagi elchixonasini yopmoqda
AQSh ma'muriyati Falastinni Vashingtondagi elchixonasini yopishi haqida xabardor qildi. Falastinda ushbu qaror “xalqaro tizim”ning Isroil foydasiga “buzilishi”ga qadam deb hisoblanmoqda. Bu haqda Falastinni ozod qilish tashkiloti bosh kotibi Soib Oraykat ma'lum qildi.
Oraykatning aytishicha, amerikaliklarning bu qarori Falastinning Xalqaro jinoiy sud bilan hamkorlikni davom ettirayotganiga “jazo chorasi” bo‘lgan. Uning ta'kidlashicha, Vashingtonning bunday xatti-harakati Falastin-Isroil ixtilofining yanada keskinlashishiga va o‘z ortidan jiddiy siyosiy oqibatlarga olib keladi.
Avvalroq The Wall Street Journal nashri AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jon Bolton 10 sentabrda Falastinni ozod qilish tashkilotining Vashingtondagi vakolatxonasi faoliyati to‘xtatilishini e'lon qilishini ma'lum qilgandi. Bu qadam falastinliklarning isroilliklar bilan tinchlik bo‘yicha muzokaralarga qaytishni istamayotgani bilan asoslangan.
“Bu xavfli xatti-harakat AQShning Isroil jinoyatlari va Falastin yeri hamda xalqiga hujumlarini, mintaqamizdagi tinchlik va xavfsizlikka tajovuzni himoyalash uchun xalqaro tizimni buzishga tayyorligini namoyish qiladi”, deb qo‘shimcha qilgan Oraykat.
“Biz falastin xalqi huquqlari sotilmasligini, AQShning tahdid va qo‘rqitishiga yon bermasligimizni tasdiqlaymiz. Biz ozodlik, adolat va mustaqillik uchun qonuniy kurashimizni barcha imkoni bor siyosiy va huquqiy vositalar bilan davom ettiramiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Falastin vakili.
Hozirda AQSh Isroilni Falastin bilan qarama-qarshilikda faol qo‘llab-quvvatlamoqda.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
20:47 / 12.11.2024