Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Xalqaro jinoiy sudga sanksiyalar bilan tahdid qilmoqda
Vashington Falastin tufayli AQSh yoki Isroilga nisbatan tekshiruvlar boshlangan taqdirda, Xalqaro jinoiy sudga (XJS) qarshi sanksiyalarni qo‘llashga tayyorlanmoqda. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Trampning xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton bayonotida aytiladi, deb yozmoqda The Wall Street Journal.
«Agarda XJS AQSh, Isroil va bizning boshqa ittifoqchilarga nisbatan surishtiruvlarni boshlasa, biz ham jim o‘tirmaymiz», - deyiladi hujjatda. Shuningdek, unda qayd etilishicha, XJS sudyalariga mamlakatga kirish yopib qo‘yilishi, ularning Amerika moliya tizimidagi mablag‘lariga sanksiyalar qo‘llanilishi va AQSh qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortilishlari mumkin.
Bundan tashqari, tayyorlangan bayonotda aytilishicha, AQSh «XJSning amerikaliklarga nisbatan surishtiruvlarida ishtirok etadigan istalgan kompaniya yoki davlat bilan ham xuddi shunday yo‘l tutadi».
XJSga sanksiyalar bilan tahdiddan tashqari, Bolton Falastinni ozod qilish tashkilotining Vashingtondagi vakolatxonasi yopilishi haqida ham e'lon qiladi. «Tramp ma'muriyati falastinliklar Isroil bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va mazmunli muzokaralar olib borish uchun qadamlar qo‘yishdan bosh tortayotgani sababli, tashkilotning ofisini ochiq qoldirmaydi, - deyiladi bayonotning xomaki nusxasida. - AQSh o‘z do‘sti va ittifoqchisi - Isroilni har doim qo‘llab-quvvatlaydi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Venesuela rahbarini ag‘darib tashlash rejalarini o‘rganib chiqqani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
10:25
AQShdan deportatsiya qilingan 24 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarildi
10:10
Kubaning energetika sohasi AQSh sanksiyalari nishoniga aylandi
08:34
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
22:12 / 11.06.2026