Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda «Hindiston – Markaziy Osiyo» muloqotining 5-majlisi bo‘lib o‘tadi
2018 yilning 13-14 sentabr kunlari Samarqand shahrida «Hindiston – Markaziy Osiyo» muloqotining 5-majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar qilmoqda.
Tadbir Xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markazi tomonidan Xalqaro ishlar bo‘yicha Hindiston kengashi bilan hamkorlikda tashkillashtirilmoqda.
Hindistonning nufuzli «aql markazlari»dan tashkil topgan delegatsiyaga Hindiston Respublikasi tashqi ishlar davlat vaziri Mobashar Javod Akbar boshchilik qiladi. Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlarining yetakchi olim va ekspertlari ham ishtirok etadilar.
Bo‘lajak forum chog‘ida Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning joriy dinamikasi, barqaror taraqqiyotga qarshi qaratilgan xavf va tahdidlar bilan birgalikda kurashish, shuningdek Markaziy Osiyo davlatlarining Hindiston bilan siyosat, iqtisod, xavfsizlik va madaniyat sohalaridagi hamkorligini chuqurlashtirish borasidagi dolzarb taklif va tavsiyalarini ishlab chiqish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi bo‘lib o‘tadi
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
11:04 / 30.06.2026