Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik talabalar MMFI Milliy yadro tadqiqoti universitetida o‘qishni boshlashdi
O‘zbekistonlik talabalarning birinchi guruhi Rossiyaning «MMFI» Milliy yadro tadqiqoti universiteti (MMFI MYaTU) bakalavriat va magistrlik dasturlari bo‘yicha «Yadro fizikasi va texnologiyasi» mutaxassisligiga o‘qishni boshlashdi. «Rosatom» korporatsiyasi Kun.uz'ga shu haqida xabar berdi.
Talabalarni «MMFI» MYaTUda tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida o‘tgan yilning oxirida imzolangan tinchlik maqsadlarida atom energiyasidan foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga muvofiq amalga oshiriladi.
Nomzodlar tanlovi ikki bosqichda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vakillari tomonidan 2018 yil mart oyida tashkil etilgan. Ta'lim olish uchun arizalar Respublikaning barcha viloyatlaridan 326 nafar da'vogarlardan kelib tushgan. Birinchi bosqichda bakalavriat dasturi bo‘yicha o‘qishga da'vogarlar fizika, matematika va rus tilidan yozma imtihon topshirishdi, magistraturaga kiruvchilar esa mamlakatning to‘rt shahari - Andijon, Nukus, Samarqand va Toshkent shaharlarida og‘zaki imtihon topshirishdi. Yakuniy tanlovda ishtirok etish uchun birinchi tur natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi komissiyasi 81 nafar da'vogarni tanladi. Toshkentdagi O‘zbekiston Milliy Universiteti qoshida o‘tkazilgan tanlovning yakuniy bosqichida MMFI o‘qituvchilari 15 nafar g‘olibni aniqlashdi, ulardan 12 tasi bakalavriatda, 3 tasi esa magistraturada o‘qish uchun tavsiya etildi.
MMFI MYaTU'da o‘qish davomida O‘zbekistonlik talabalarga amaliy mashg‘ulotlarni, jumladan, Rossiya atom sanoatining faol obektlarida o‘tash imkoniyati beriladi.
«O‘zbekiston yadro sanoatini yaratish va rivojlantirish uchun yuqori malakali yadro mutaxassislar kerak. «Rosatom» davlat korporatsiyasi kelajakda AESda ishlaydigan milliy kadrlarni tayyorlash uchun talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. Talabalarimiz Rossiyaning yetakchi universitetida oladigan ta'lim haqli ravishda dunyodagi eng yaxshi ta'lim tizimlaridan biri hisoblanadi. Bu MMFIning ko‘plab mustaqil xalqaro tadqiqotlardagi yuqori reytinglari bilan tasdiqlangan. MMFIda o‘qishni tugatgan o‘zbekistonlik talabalar o‘z vatanlariga yadro texnologiyalari sohasidagi yuqori malakali mutaxassis bo‘lib qaytishadi», - deydi professor Mixail Kremkov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasidan nomzod abituriyentlarning o‘qishga kirish bo‘yicha koordinatori, «Rossotrudnichestvo»ning Toshkent shahridagi vakolatxonasining Rossiyadagi universitetlarda 2018 yilda tahsil olish uchun nomzodlarni tanlash bo‘yicha komissiya a'zosi.
«Rosatom» DK yo‘nalishi bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Ta'lim va fan vazirligi har yili xorijiy talabalarni o‘qitish uchun kvotalar belgilaydi. Har yili dunyoning 37 mamlakatidan kelgan 1500dan ortiq talaba va aspirantlar Rossiyaning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida atom energetikasi, yadro fizikasi va yadroviy texnologiyalar sohasida ta'lim olishadi.
Ma'lumot uchun: «MMFI» Milliy yadro tadqiqoti universiteti - «Rosatom» Davlat korporatsiyasinig tayanch o‘quv yurti, 1942 yilda tashkil etilib, Rossiyaning eng mashhur va nufuzli texnika universitetlaridan biri, atom energetikasi, yadroviy fizika va tehnologiyalar sohasidagi ta'lim flagmani hisoblanadi. O‘quv jarayoni ikki asosiy markazda - Moskva va Obninskda amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026