Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistondagi terakt qurbonlari soni oshmoqda
Afg‘oniston sharqidagi namoyish vaqtida terrorchi xudkush tomonidan sodir etilgan terakt qurbonlari soni 32 nafarni tashkil qilmoqda, shuningdek jarohatlanganlar soni 128 kishiga yetgan. Bu haqda Pajvak agentligi xabar tarqatdi.
Ayrim xabarlarga ko‘ra esa qurbonlar soni kamida 50 nafarni tashkil etadi.
Oxirgi xabarlarda terakt qurbonlari soni 25 nafar ekani va 108 kishi jarohatlangani aytilgandi.
11 sentabr kuni Afg‘oniston sharqidagi Nangarxar viloyati hududida xudkush terrorchi namoyishga to‘plangan odamlar oldida portlovchi qurilmani harakatga keltirdi. Namoyishchilar mahalliy politsiya boshlig‘i iste'fosini talab qilish uchun yig‘ilgandi.
1TV telekanali ma'lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda hech bir guruh ushbu terakt uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Mavzuga oid
10:50
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026