Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bitiruvchilarining ishga joylashishi bo‘yicha OTM jahon reytingi tuzildi
Foto: Shutterstock
Britaniyaning QS Quacquarelli Symonds tashkiloti tomonidan bitiruvchilarning ishga joylashish ko‘rsatkichi bo‘yicha top-500 universitetlar xalqaro reytingi tuzildi. QS uchinchi reytingi natijalari tashkilot saytida e'lon qilingan.
Ro‘yxatning birinchi o‘rnidan Massachusetts texnologiyalar instituti (AQSh) joy oldi. Ikkinchi va uchinchi pog‘onalarni mos ravishda Stenford universiteti (AQSh) hamda Garvard universiteti (AQSh) egalladi.
Keyingi o‘rinlardan Kaliforniya texnologiyalar instituti (AQSh), Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya), Oksford universiteti (Buyuk Britaniya), London universiteti kolleji (Buyuk Britaniya), London imperiya kolleji (Buyuk Britaniya), Chikago universiteti (AQSh), Tsyurix texnologiyalar federal instituti (Shveytsariya) joy oldi.
Shuningdek, top-20ga Nanyang texnologiyalar universiteti (Singapur), Lozanna politexnika federal instituti (Shveytsariya), Prinston universiteti (AQSh), Kornell universiteti (AQSh), Singapur milliy universiteti (Singapur), Yyel universiteti (AQSh), Jon Xopkins universiteti (AQSh), Kolumbiya universiteti (AQSh), Pensilvaniya universiteti (AQSh), Avstraliya milliy universiteti (Avstraliya) kiritildi.
Mavzuga oid
16:12 / 20.01.2026
Oltin va kumush narxi tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi
13:50 / 20.01.2026
Sizning JCh-2026 uchun chiptangiz: O‘zbekiston fuqarolari AQSh turist vizasini qanday olishlari mumkin?
11:33 / 20.01.2026
Tramp Makronga 200 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
21:52 / 19.01.2026